Xususiy maktab, bog‘cha, o'quv markaz tarmoqlari brendi

“Union”- bu “birlik”

Birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz!

2023-yildan o‘z faoliyatini boshlagan.

“Union” kompaniyasi 1,5 yoshdagi bolalardan tortib to kamolot yoshidagi yoshlarni va ularning ota-onalarini bog‘cha,maktab va o‘quv markazlari orqali birlashtiradigan tashkilot.

Union Kids - bolalar
bog’chasi

Union School - xususiy
maktabi

Union Education - o’quv
markazi

Union Sport - sport
to’garaklari

“UNION” NI TANLASH UCHUN 6 TA SABAB:

QULAYLIK

“Union” sizning har bir farzandingiz uchun alohida maktab,bog’cha yoki o‘quv markaz qidirish uchun ketadigan vaqtingiz va daromadingizni qisqartiradi. Bog‘cha yoshidagi farzandingizning to mukammal kadr bo‘lib yetishgungacha bo‘lgan davrda bog‘cha,maktab va o‘quv markazlarimiz orqali sifatli ta’lim va tarbiyani kafolatlaymiz.

INDIVIDUALLIK

Biz bog‘cha,maktab va o‘quv markazlarda kichik guruhlarda o‘qitishni taklif qilamiz, bu bizga har bir tarbiyalanuvchi va o‘quvchiga individual yondashuvni topish va muayyan iste’dodlarga e’tibor qaratish imkonini beradi.

XAVFSIZLIK

“Union” nomi ostidagi bog‘cha,maktab va o‘quv markazlarimizda bolalar va xodimlarning xavfsizligi maxsus xodimlar tomonidan ta’minlanadi. Video kuzatuv nafaqat tashkilot xodimlari ,balki ota-onalar tomonidan ham kuzatiladi.

SPORT VA TA’LIM DIFFUZIYASI

Tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilar o‘zlarini fan va til darslaridan tortib robototexnika va mental arifmetika darslarini o‘zlashtirishlari,suzish va gimnastika sport yo‘nalishlarida o‘z iste’dodlarni sinab ko‘rishlari mumkin. Siz ota-onalar endi qo‘shimcha to‘garaklar va sport mashg‘ulotlari uchun yo‘l tirbandligida soatlarni behuda sarflamaysiz. Barcha darslar maxsus sharoitlar bilan birgalikda maktab va bog‘chalarimizda mavjud.

PSIXOLOGIK KOMFORT

“ Union” bog‘cha va maktablarining barcha xodimlari psixologik treningdan o‘tadilar. Bundan tashqari bolalar muntazam psixolog bilan individual va treninglar orqali shug‘ullanadilar. Biz har qanday vaziyatda turli yoshdagi bolalar bilan qanday munosabatda bo‘lishni bilamiz. Va bu bolalarning yangi jamoaga qo‘shilishlarida turli psixologik ta’sirlarni oldini oladi.

INNOVATSIYA VA QADRIYATLAR

Bog‘chalarimiz, maktablarimiz va o‘quv markazlar o‘qituvchilarni yangi o’qish metod va uslublarga doimiy ravishda o‘rgatish barobarida an’analar va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash mutanosibdir. Farzandlaringizning baxtli va farovonligi bizning ustuvor vazifamizdir.

“Union” tashkiloti bolalarga akademik, linguistik, jismoniy va ijtimoiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi, bu esa har bir bolaning intellektual va shaxsiy rivojlanishiga yordam beradi, bolalarning yoshi va individual xususiyatlariga e’tibor beradi.

Bolaning aqlan, jismonan rivojlanishiga kerak bo‘ladigan zamonaviy va milliy metodlarga boyitilgan ta’lim tizimini kafolatlaydi. Ta’lim dasturlari uchun maxsus ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalardan foydalanib o‘qitiladi.

Biz bilan bog‘lanish uchun ariza qoldiring

Birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz!

Murojaatingiz uchun tashakkur! Siz bilan tez orada bog'lanamiz!

“Union Kids” haqida:

“Union Kids” xususiy bog‘chasida o‘zbekona qadriyatlarni saqlangan holda, rus tilida ta’lim tarbiya berilib, mashg‘ulotlar rus tilida olib boriladi.

Bog‘cha dasturi bolaning aqlan-jismonan hamda psixologik sog‘lom voyaga yetishiga asoslangan holda tuzilgan.

Bog‘cha quyidagi mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi:

Ingliz tili
Mental arifmetika
Teatr san’ati
Robototexnika
Suzish
(murabbbiy bilan)
Gimnastika
(murabbiy bilan)
Psixolog bilan mashg‘ulot
Logoped bilan mashg‘ulot
Massaj

va boshqa tarbiyachi bilan birgalikda olib boriladigan ta’lim va tarbiya,maktabga tayyorlov dasturlari mavjud.

Ya’ni har bir fan, mashg‘ulotlar uchun maxsus diplom va sertifikatga ega malakali ustozlar, tajriba va sovrinlarga ega murabbiylar, o‘z ishining ustasi bo‘lgan psixolog va logopedlar bolalar bilan maxsus shug‘ullanib, ish faoliyatlarini olib boradilar.

1,5 yoshdan-7 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshiga qarab kichik guruhlarga joylanadi va bu har bir bolaga individual e’tibor berilishi uchun sharoit yaratadi. Bolani maktab dasturiga bosqichma-bosqich tayyorlab boriladi. Boshlang‘ich savodi chiqariladi.

Farzandingiz ertalab tibbiyot hodimi tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib qabul qilinadi va kun davomida hamshira nazorati ostida bo‘ladi, ayniqsa sport mashg‘ulotlari va massaj jarayonlarida qat’iy nazorat qilinadi.

“Union Kids” bog‘chasida taomnomaga maxsus e’tibor qaratilgan.

Bolalar 5 mahal taom iste’mol qilishadi.

Taomlar halol, yangi, iste’molga yaroqli va bolalar uchun zararsizligi, 4 ta faslga mos kelishi dietolog-nutritsologlar tomonidan nazorat qilinadi.

Go‘sht maxsulotlarining 4 xil turidan foydalaniladi:
Mol go‘shti, tovuq go‘shti, quyon go‘shti va baliq.

Bog‘chaga qabul qilish bosqichlari

Bolaning tibbiy xususiyatlarini o‘rganish;

Bola bilan psixolog ishtirokida suhbat;

Hujjat qabul qilish;

Shartnoma;

Oylik to‘lov;

Manzilimiz:

Zenit

Xasanariq ko‘chasi 2-uy;
Mo‘ljal: 64-oilaviy poliklinika

A.Nabiyev

G‘alaba bog‘i ro‘parasi, G‘ani A’zamov mahallasi.

Qabulga yozilish uchun:

Birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz!

Murojaatingiz uchun tashakkur! Siz bilan tez orada bog'lanamiz!

“Union School” haqida:

“Union School” maktabi bolalarning aqlan, jismonan, psixologik sog‘lom muhitda ta’lim tarbiya olishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Afzalliklari

1-sinfdan-11 sinfgacha rus va o‘zbek guruhlar mavjudligi;

Zamonaviy bino va jihozlanish;

08.00-17.00 ga qadar sifatli ta’lim va tarbiya, o‘quvchilar xavfsizligi kafolati;

9 oylik ta’lim dasturi;

Sifatli va qiziqarli ta’lim, barcha fanlar birdek kuch berib o‘qitiladi;

Maxsus ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalar;

Qulay narx;

Oliy ma’lumotli, ish tajribasiga ega va maxsus o‘qitilgan pedogoglar mavjudligi;

3 mahal taomlanish;

Psixolog mashg‘ulotlari;

Transport xizmati;

Video kamera kuzatuvi;

Sport mashg‘ulotlari (kross fit, sambo, gimnastika);

VR qurilmasi ishlatiladi;

Manzilimiz:

TOSHKENT VILOYATI, ZANGIOTA TUMANI;

TOSHKENT SHAHAR, OLMAZOR TUMANI

XORAZM VILOYATI, URGENCH SHAXRI

Qabul suhbat va yozma imtihon asosida.

Qabulga yozilish uchun:

Birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz!

Murojaatingiz uchun tashakkur! Siz bilan tez orada bog'lanamiz!

“Union Education” haqida:

Rus va ingliz tillarini mukammal va oson metodlar bilan o‘rganish uchun tashkil etilgan o‘quv markazi bo‘lib, o‘z faoliyatini 2018 yildan boshlagan. 2 ta filialni o‘z ichiga oladi :
*Shaxriston metro
*Oxunboboyev

O‘quv markaz afzalliklari:

2000 dan ortiq o‘quvchilar til bilish bo‘yicha yuqori balli sertifikatlarni qo‘lga kiritgan;

Bosh va yordamchi ustoz mavjudligi;

Qulay joylashuv;

Maxsus ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalar;

Malakali va kuchli ustozlar (IELTS 7+ sertifikati va eng kami 2 yillik tajribaga ega oliy ma’lumotli ustozlar);

Natija kafolati;

Natijaga ega ta’lim dasturi;

Oylik mock imtihonlari mavjud;

Kitoblar bepul taqdim etiladi;

Biz bilan bog‘lanish uchun ariza qoldiring

Birgalikda muvaffaqiyatga erishamiz!

Murojaatingiz uchun tashakkur! Siz bilan tez orada bog'lanamiz!